To’raboyeva Mahliyo
- -
► 2018 yilda “O‘zbekiston ayollarining 100ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” tanlovida “O‘quvchi qizning eng yaxshi innovatsion loyihasi” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan;
► 2018 yilda “Filologiya masalalari yosh tadqiqotchilar nigohida” Respublika ilmiy-amaliy konfepensiyasida “Eng yaxshi ma’ruza muallifi” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan;
► 2019-2020 yillar davomida “The Chance Forum”, “Union V”, “International Girls Summit”, “Navqiron jurnalistlar” Respublika Forumi, “Filologiya masalalari yosh tadqiqotchilar nigohida“, “Alisher Navoiy va XXI asr” kabi xalqaro ilmiy anjumanlar, konferensiyalar, seminar va vorkshoplarda tashkilotchi va ishtirokchi sifatida qatnashgan;
► “Yoshlar” teleradiokanalining “Davr”, “Yangi kun”, “Ana tomosha” kabi dasturlarida 300 ga yaqin lavhalarga mualliflik qilgan;
► O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan iqtidorli, faol va tashabbuskor yoshlar haqida tayyorlangan maxsus film va 10ga yaqin ijtimoiy roliklar muallifi;
► O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan tayyorlangan hujjatli film va turkum roliklar muallifi;
► O‘zbek adabiyotining eng yorqin namoyondalari: Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va jadidlar merosini yoshlar orasida targ‘ib qiluvchi 20 ga yaqin ijtimoiy roliklarga mualliflik qilgan;
► Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi;
► O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Ijroiya qo‘mitasi Jamoatchilik Kengashi a’zosi;
► Ijtimoiy tarmoqlarda ommalashayotgan, yoshlarga oid davlat siyosatini targ‘ib qilishni maqsad qilgan "Salom, yoshlar!" blogi muallifi;