“Yosh olimlar jamiyati”ning faoliyati haqida

MA’LUMOTLAR

Universitetda “Yosh filolog olimlar jamiyati” universitet rektorining 2016.31.12.dagi № 01-247-sonli buyrug‘iga muvofiq tashkil etilgan. Hozirgi kunda “Yosh filolog olimlar” jamiyatida 750 nafarga yaqin talaba a’zo.

Olimpiada va turli tanlovlarda ishtirok

Xalqaro olimpiada sovrindorlari 9 nafar. Shundan: 2019-yil – 6 nafar. Rossiyaning Tyumen shahrida bo‘lib o‘tgan Rus tili bo‘yicha OTMlararo xalqaro talabalar olimpiadasida Mamarasulov Tolib, Usmanova Nilufar 1-o‘rin, Ganiev Akmal, Yunusova Maftuna 2-o‘rinni egalladi.  2020-yil “BMT modeli” xalqaro tanlovi sovrindori – 3 nafar. Ibroxim Mirkomilov, Madina Tuxtamuradova, Nilufar Usmanova

Respublika olimpiadalarda va nufuzli tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan va mukofot (diplom)larga sazovor bo‘lgan talabalar

Universitetda jami 14 nafar talaba nomdor stipendiya va respublika fan olimpiadasi g‘olibi bo‘lgan.

Shundan:

2017-yil – 3 nafar: Yoqubova Sevinch – Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi, Nurullaeva Oydin – Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi, Nurullaeva Oydin – O‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha respublika olimpiadasi (1-o‘rin).

2018-yil – 3 nafar: Karimova Nafisa – Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi, Abdurasulova Dilnoza – Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi, Usmonova Iroda – O‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha respublika olimpiadasi (1-o‘rin).

2019-yil – 5 nafar, Ashurova Saodat – Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi, Haydarov Muhammad – Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi, Nuriddinova Vazira – O‘zbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha respublika olimpiadasi (1-o‘rin). I darajali diplom, G‘anieva Shabnam – Sharq tillari (Fors tili) fani bo‘yicha bo‘yicha respublika olimpiadasi (1-o‘rin). I darajali diplom, G‘ulomov Yorqin – Sharq tillari (Arab tili) fani bo‘yicha bo‘yicha respublika olimpiadasida (2 o‘rin). II darajali diplom.

2020-yil – 3 nafar Tursunov Shokirjon – O‘zbek tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi fani bo‘yicha onlayn respublika olimpiadasi (1-o‘rin), Dilbar Mirnosirova – O‘zbek tili fani bo‘yicha onlayn respublika olimpiadasi (2-o‘rin), Go‘zalxon Ortiqalieva – O‘zbek tili fani bo‘yicha onlayn respublika olimpiadasi (2-o‘rin).

2021 yil – 3 nafar Tursunov Shokirjon – Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiatori, Ruzmetov Shaxzod – Navoiy nomidagi Davlat stipendiatori, Alimardonova Muhsinabonu – O‘zbek tili fani bo‘yicha onlayn respublika olimpiadasi (1-o‘rin).

Universitet Innovatsion jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilgan loyihalar

Shuningdek, talabalarni ilm-fanga jalb qilishni jadallashtirish maqsadida 2019-yil mart oyidan boshlab 35 nomdagi sohaviy elektron lug‘atlarni yaratish uchun universitet hisobidan jami 100 mln. so‘m ajratilgan Hozirda 14 nafar loyihaning birinchi variantlari tayyor holatda.

Iqtidorli talabalarning xorijda malaka oshirishi va tajriba almashinuvi

2019-yilda Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-Turk universitetidagi yozgi maktabga “Yosh olimlar kengashi” a’zolaridan 8 nafar iqtidorli talaba yuborildi (22-iyundan 6-iyulgacha davom etadi).

Bundan tashqari, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Turkiyaning “Mavlono” almashinuv dasturi bo‘yicha 6 ta oliy o‘quv yurtlari bilan imzolangan shartnomalarga ko‘ra 2021-2022-o‘quv yilida Hoji Bayram Vali universitetiga 4 nafar doktorant, 4 nafar magistrant, 4 nafar bakalavr, Karabuk universitetiga 4 nafar bakalavr, Nigde Umar Holisdemir universitetiga 2 nafar doktorant, 6 nafar bakalavr, Ushak universitetiga 6 nafar magistrant, 14 nafar bakalavr, Afyon Kojatepe universitetiga 4 nafar magistrant, 4 nafar bakalavr, Bandirma o‘n yedi eylul universitetiga 3 nafar bakalavr yuborilishi rejalashtirilgan.

“Yosh filolog olimlar” jamiyati tomonidan  har yili 2 marta an’anaviy konferensiya tashkil qilindi. Birinchisi aprel oyida “Til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo‘lidagi ilk odimlar” nomi ostida, ikkinchisi noyabrda Respublika miqiyosidagi “Filologiya masalalari – yosh tadqiqotchilar nigohida” mavzusida o‘tkazilinadi.

“Yosh filolog olimlar jamiyati” toʻgʻrisidagi
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va ToshDOʻTAU Nizomiga muvofiq, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti (bundan keyingi oʻrinlarda ToshDOʻTAU deb yuritiladi) “Yosh filologolimlar jamiyati”ning (bundan keyingi oʻrinlarda Jamiyat deb yuritiladi) faoliyatini belgilaydi.

I. Umumiy qoidalar

1.1.Jamiyat yosh filolog olimlarning jamoat tuzilmasi boʻlib, Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan va ishlayotgan, filologiya sohasida ilmiy foliyat olib borishni oʻziga maqsad qilib qoʻygan yosh filolog olimlarning ilmiy-ijodiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish orkali mamlakatimizning ilmiy salohiyatini yanada oshirish, ilmiy kadrlar tayyorlashning barqaror rivojlanishini taʼminlash hamda yosh olimlarning xalqaro ilmiy doiralarga integratsiyalashuvini jadallashtirish, ularning xalqaro ilmiy dasturlarda ishtirok etishi uchun sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

1.2.Jamiyat yosh oʻqituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va iqtidorli talabalardan (bundan keyingi oʻrinlarda yosh filolog olimlar deb yuritiladi) iborat tarkibda shakllantiriladi.

1.3. Jamiyat barcha imkoniyatlarini qoʻllagan holda yosh filolog olimlar ijodiy faolligining rivojlanishiga, ularning mutaxassisliklari boʻyicha kamoltopishiga, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi muhim ilmiy va amaliy muammolarning ilmiy jihatdan yechimini topishga koʻmaklashadi. Yosh filolog olimlarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga, oʻz salohiyat va imkoniyatlarini toʻliq namoyon etishlarida yordamlashadiva sharoit yaratadi.

1.4. Jamiyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiningfarmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa normativ-huquqiyhujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Hayʼat qarorlari va buyruqlari, ToshDOʻTAU Kengashi qarorlari, rektor buyruqlari,shuningdek, mazkur Nizomga amal kiladi.

1.5. Jamiyat oʻz faoliyati yuzasidan ToshDOʻTAU Kengashiga hisobot beradi. Oʻz faoliyatini Vazirlik Yosh olimlar kengashi bilan hamkorlikda tashkil etadi.

II. Kengashning maqsad va vazifalari

2.1. Jamiyatning asosiy maqsadi Respublika yoshlarini ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tizimli asosda yoʻnaltirish, mavjud ilmiy maktablar anʼanalarini davom ettirish hamda yangi ilmiy maktablarni shakllantirishga zamin yaratish, yosh filolog olimlar ilmiy-ijodiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, fan, taʼlim vaishlab chiqarish integratsiyasini izchil rivojlantirish asosida ilmiy tadqiqotlar bilan muntazam shugʻullanuvchi yoshlarni birlashtirish, ularning mutaxassisliklari va ijtimoiy sohalarga oid qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash – shu tarzda yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning barqaror rivojlanishini taʼminlashga koʻmaklashishdan iborat.

2.2. Jamiyatning vazifalariga quyidagilar kiradi: yosh filolog olimlarni mamlakat ilm-fani uchun dolzarb, iktisodiyotimizning barqaror rivojlanishiga, xalqimiz maʼnaviyati va madaniyatining yuksalishiga koʻmaklashuvchi fundamental, amaliy va innovatsion yoʻnalishlardagi ilmiy faoliyatga jalb kilish; yosh filolog olimlar faoliyati orqali sohaning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar tashkil qilish va olib borishda ishtirok etish hamda ustoz-shogird tizimini shakllantirish; ilmiy tadqiqot muassasalari, kadrlar isteʼmolchilari boʻlgan tashkilotlar va boshqa oliy taʼlim muassasalari bilan yosh filolog olimlarning ijodiy faolligini kuchaytirish, ilmiy anjumanlar, seminarlar oʻtkazish va tajriba almashish maqsadida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash; yosh filolog olimlarning ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini umumlashtirish va amaliyotga tatbiq etish, uning yangi shakllarini izlash va Respublika faoliyatiga tatbiq etishda barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda tashabbuskorlik koʻrsatish; ilmiy anjumanlarda ishtirok etish uchun yosh filolog olimlarning ilmiy safarlarini rejalashtirish va har tomonlama yordam koʻrsatish; yosh filolog olimlarning yetakchi ilmiy markazlar va xorijiy ham kasblari bilan oʻrnatilgan tartibda faol xalqaro hamkorligini tashkil qilish, xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy markaz va muassasalari bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy maktablar, anjumanlar, seminarlar va boshqa ilmiy tadbirlarda ishtirok etishga, xorijiy mamlakatlarda maqolalar eʼlon qilishga koʻmaklashish; yosh filolog olimlarning ilmiy ishlari tanlovini muntazam tashkil etish va oʻtkazish, davlat grantlari, xorijiy mamlakatlar grantlari va xoʻjalikshartnomalarida yosh filolog olimlar ishtirokini taʼminlash, ularning ishlarinimukofotlarga taqdim etish, eng yaxshi va Respublika uchun ustuvor hisoblangan ilmiy tadqiqot natijalarini nashp etish va ommalashtirishgakoʻmaklashish; oʻz faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan yosh filolog olimlarni ragʻbatlantirish buyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi “Yosh olimlar kengashi” raisi va ToshDOʻTAU rektoriga tavsiyalar berish; innovatsion tadqiqot ishlarini oʻtkazishga amaliy yordam koʻrsatish; yosh filolog olimlarning faoliyatini qoʻllab-quvvatlovchi grant ajratuvchi tashkilotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar yigʻish va ularni tarqatish.

III. Jamiyat tarkibi va faoliyatiningtashkil etilishi

3.1. Jamiyat tayanch oliy taʼlim muassasasi boʻlgan ToshDOʻTAU tuzilmasiga jamoat tashkiloti sifatida kiradi.

3.2. Jamiyat Kengash orqali boshqariladi.

3.3 Jamiyat Kengashi 15-25 nafar aʼzodan iborat ilovaga muvofiq tarkibda saylanadi. Kengash raisi va kotibi Jamiyatning umumiy yigʻilishida saylanadi (Ilova qilinadi).

3.4. Jamiyat yigʻilishlari har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi.

3.5. Jamiyat qarorlari majlisda katnashganlar tomonidan ochiq ovoz berish orqali oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Kengashning har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qarorlar boʻyicha oʻz fikr-mulohazasiii yozma ravishda bayon qilish huquqiga ega. Ovoz berish kengash aʼzolarining ishtiroki 2/3 qismidan kam boʻlmagan holda haqiqiy hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlgan takdirda Jamiyat raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

3.6. Jamiyat raisi Jamiyatning rasmiy vakili hisoblanadi, oʻzining vakolati doirasida kengashning barcha ishlarini tashkil etadi va boshqaradi, Jamiyatning boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro aloqasini amalgaoshiradi, Jamiyat faoliyatiga taalluqli hujjatlarga imzo chekadi.

3.7. Jamiyat raisining vazifalari: Jamiyat yigʻilishlarini oʻtkazilish vaqti va kun tartibi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi; Jamiyat nomidan Respublika yosh filolog olimlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi; bir yilda kamida bir marotaba qilingan ishlar yuzasidan Jamiyat yigʻilishida hisobot beradi.

3.8. Jamiyat raisi xizmat safari, betobligi, taʼtildaligi vaqtida uning vazifasini Jamiyat aʼzolaridan biri bajaradi.

3.9. Jamiyat raisi va kotibi ToshDOʻTAU tomonidan moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantiriladi.

3.10. Jamiyatning ishini olib borish va hujjatlarni rasmiylashtirish quyidagicha tartibda amalga oshiriladi: Jamiyat oʻz ishini Kengash yigʻilishida qabul qilingan va Jamiyat raisi tomonidan tasdiqlangan yillik rejaga binoan amalga oshiradi; Jamiyatning majlislari, yigʻilishlari va boshqa tadbirlari Jamiyat raisi va kotibi tomonidan imzolangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi; Jamiyat hujjatlarini rasmiylashtirishni kengash kotibi amalga oshiradi; qabul qilingan qarorlar bajarilishining nazorati Jamiyat raisi tomonidan amalga oshiriladi.

IV. Jamiyat vakolatlari

4.1.Jamiyatning vakolatlari quyidagilardan iborat: oʻkuv yili uchun oʻzining ish rejalarini ishlab chiqadi va tasdiklaydi, ularning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotlarni tinglaydi, Jamiyat tadbirlari,ilmiy anjumanlari, seminarlari rejalarini, tadbirlarga tayyorgarlik va oʻtkazish jarayoni toʻgʻrisidagi axborotlarni tinglaydi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi “Yosh olimlar kengashi”ga va ToshDOʻTAU rektoriga ilmiy-tadqiqot ishida muhim yutuqlarga erishgan va ijtimoiy faol yosh filolog olimlardan rahbar kadrlar zahirasi boʻyicha tavsiyalar kiritadi; yoshfilolog olimlar ilmiy ishlari, tanlovlarini tashkil etadi va oʻtkazadi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi “YoSh olimlar kengashi”ga yosh filolog olimlarni xorijga ilmiy tajriba va malaka oshirishiga, xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etishga yuborish toʻgʻrisida takliflar kiritadi; Jamiyat yigʻilishlarida xorijiy markazlar va muassasalarda stajirovka oʻtagan yosh mutaxassislarning axborotini tinglaydi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi “Yosh olimlar kengashi”ga hamda ToshDOʻTAU rektoriga yosh filolog olimlarning eng yaxshi ishlarini taqdirlash va ularni nashr etish boʻyicha takliflar kiritadi; oʻz faoliyati va yosh filolog olimlarning turli yutuqlari, erishayotgan natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommalashtiradi.

4.2. Jamiyat Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi “Yosh olimlar kengashi"ga va ToshDOʻTAU kengashiga quyidagi masalalar boʻyicha takliflar kiritadi: yosh filolog olimlarning ilmiy ishlaridagi yuqori koʻrsatkichlari uchun taqdirlash; yosh filolog olimlarga moddiy yordam koʻrsatish; yosh filolog olimlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini talab darajasida olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; turli OTMlardagi iqtidorli talabalarni universitetga oʻqishini koʻchirish yoʻli bilan jalb etish toʻgʻrisida.

V. Jamiyatning huquq va majburiyatlari

5.1.Jamiyat quyidagi huquqlarga ega: yosh filolog olimlarning ilmiy ishlarini muhokama kilish va nashrga tavsiya qilish; yosh filolog olimlarni fundamental, amaliy va innovatsion tadkiqotlarda ishtirok etishga tavsiya kilish; yosh filolog olimlarni xorijiy markazlar va muassasalarda stajirovka oʻtashga tavsiya qilish;

5.2.Jamiyat quyidagi majburiyatlarga ega: yosh filolog olimlar ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish va rejalashtirishda koʻmaklashish, ularga ilmiy-tadqiqotni muvaffaqiyatli amalga oshirishlari uchun tegishli sharoit yaratishda yordam koʻrsatish, ularning manfaatlarini vakolat doirasida himoya qilish; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi “Yosh olimlar kengashi” va ToshDOʻTAU rektorini yosh filolog olimlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi muammolari toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilish hamda ushbu muammoning yechimi toʻgʻrisida rahbariyatga takliflar kiritish; yosh filolog olimlar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy qilish boʻyicha ularga koʻmaklashish va bu borada tegishli takliflarni tayyorlash.

VI. Jamiyat aʼzolarining huquq va majburiyatlari

6.1. Jamiyat aʼzolari teng huquq va majburiyatga egadir. Jamiyat aʼzosi quyidagi huquqlarga ega: Jamiyat yigʻilishida qatnashish; Jamiyat faoliyatiga oid asoslangan takliflarni kiritish. Jamiyat aʼzosi quyidagi majburiyatlarga ega: Jamiyat faoliyatiga tegishli qaror, majburiyat va topshiriklarni oʻz vaqtida sifatli bajarish; ixtiyoriy ravishda oʻz zimmasiga olgan Jamiyat faoliyatiga taalluqli boʻlgan topshiriq va majburiyatlarni vijdonan, faol va ijodiy bajarish.

6.2.Jamiyatga aʼzolik quyidagi hollarda toʻxtatiladi: ToshDOʻTAUdan ishdan boʻshaganida; Jamiyat yigʻilishining tegishli qaroriga koʻra; oʻz arizasiga koʻra; Jamiyat aʼzoligiga yoʻl qoʻymaydigan yoshga yetganligi sababli; oʻqishni tugatishi munosabati bilan.

VII. Yakuniy qoidalar

7.1.Jamiyat faoliyatining tugatilishi ToshDOʻTAU rektori buyrugʻiga muvofiq amalga oshiriladi.

7.2.Mazkur Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish Jamiyatyigʻilishida qatnashayotgan aʼzolarning kamida 2/3 qismi yoqlab ovoz bergan taqdirdaamalga oshiriladi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
“Yosh filolog olimlar jamiyati”ning 2017-yil uchun
ISH REJASI

№ Chora-tadbirlar nomi Muddati Masʼullar
1 “Yosh filolog olimlar jamiyati” nizomini tayyorlash 15-27-dekabr Rektor Rektor f.f.d., prof. Sh. Sirojiddinov
2 “Yosh filolog olimlar jamiyati” nizomini universitet kengashida tasdiqlash 27-dekabr Rektor f.f.d., prof. Sh. Sirojiddinov
3 “Yosh filolog olimlar jamiyati”ning yigʻilishini 9-yanvar Rektor f.f.d., prof. Sh. Sirojiddinov
4 “Yosh filolog olimlar jamiyati” kengashi aʼzolarining roʻyxatini tasdiqlash 15-yanvar Rektor f.f.d., prof. Sh. Sirojiddinov
5 Talabalarni Jamiyat nizomi va faoliyati bilan tanishtirish. Yanvar YFOJ kengashi raisi va aʼzolari
6 Yosh filolog olimlar, tarjimonlar, iqtidorli talabalar bilan ishlash. Rejaga muvofiq YFOJ kengashi raisi va aʼzolari, Fakultetlarning ilmiy ishlari boʻyicha dekan muovinlari
4 “Yosh filolog olimlar jamiyati” kengashi aʼzolarining roʻyxatini tasdiqlash 15-yanvar Rektor f.f.d., prof. Sh. Sirojiddinov
7 Innovatsion yarmarkalarga tayyorlash. Yarmarkalarning oʻtkazilish
sanasiga muvofiq
YFOJ kengashi raisi va aʼzolari,
Fakultetlarning ilmiy ishlari boʻyicha dekan muovinlari
8 “Yosh filolog olimlar jamiyati”
veb-saytini yaratish
9-10-yanvar YFOJ kengashi raisi va aʼzolari
9 Har bir iqtidorli talaba uchun shaxsiy ish rejasini tuzish. Yanvar, fevral YFOJ kengashi raisi va aʼzolari
10 Talabalarni tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha grantlarga jalb qilish.
Ularni ilmiy hisobotlar yozishga oʻrgatish.
Yanvar YFOJ kengashi raisi va aʼzolari
11 Mukammal ravishda ingliz, oʻzbek va rus tillarini oʻrganish,
hamda horijiy tillarda nashr qilingan filologiya sohasi boʻyicha
oʻquv-ilmiy adabiyotlar bilan foydalangan holda oʻquv jarayonlarini olib borish.
Yil davomida YFOJ kengashi raisi va aʼzolari
12 Yosh filologlarni halqaro, respublika va fakultet
konferensiyalarida qatnashishga jalb qilish va ilmiy maqolalar yozishga oʻrgatish.
Yil davomida YFOJ kengashi raisi va aʼzolari
13 Yosh filologlarni ilmiy tadbirlar, intellektual
va boshqa tanlovlarda qatnashishga jalb qilish.
Yil davomida YFOJ kengashi raisi va aʼzolari
14 Alisher Navoiy tavalludining 576-yilligi munosabati
bilan ilmiy-maʼrifiy davralar tashkil qilish
7-8-fevral YFOJ kengashi raisi va aʼzolari
15 Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534-yilligi
munosabati bilan ilmiy-maʼrifiy davralar tashkil qilish
12-13-fevral YFOJ kengashi raisi va aʼzolari
16 Oktyabr-noyabr oylarida konferensiya tashkil
qilish va maqolalar toʻplamini chop etish
25-26-noyabr YFOJ kengashi raisi va aʼzolari
17 “Yosh filolog olimlar jamiyati”
yillik hisobotini topshirish
27-dekabr YFOJ kengashi raisi va aʼzolari