Uzoqova Mohiya

  • -

► 2018-2021-yillar oralig‘ida universitet, Respublika va xalqaro miqyosda tashkil etib kelinayotgan ilmiy konferensiyalarda maqolalari bilan faol ishtirok etib kelmoqda. Shu kunga qadar 9 ta ilmiy maqola hamda tezislari chop etilgan.
► 2020-yil ingliz tilidan IELTS imtihonini topshirib, umumiy 7.0 ballni qo‘lga kiritgan.
► 2021-yilda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan bevosita hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro Tashkent Model of Unitetd Nations (TIMUN) konferensiyasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan.
► 2021-yili “Filologiya masalalari yosh tadqiqotchilar nigohida” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida “Eng yaxshi ilmiy asoslangan maqola” yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan.
► 2021-yil hammualiflikda yozilgan “Transport terminlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha izohli lug‘ati” kitobi nashrdan chiqdi.
► 2021-yildan beri O.Abdullayeva  rahbarligi ostida “O‘zbek tilining internet axborot matnlari korpusini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari” ilmiy tadqiqoti doirasida bajarilayotgan Tug'ro nomli o'zbek tili axborot matnlari korpusi platformasi jamoasi a’zosi hisoblanadi.