Nomdor stipendiya
- May 21, 2024
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Islom Karimov nomli davlat stipendiyalariga hujjatlar qabuli joriy yilning 10-iyunidan (mazkur semester yakunlangach) boshlanishini ma'lum qilamiz. Hujjatlar universitet Ilmiy boʻlimida (419-xona) qabul qilinadi.
📌 Prezident stipendiyasiga faqat bitiruvchi kurslar (ayni vaqtda bakalavriatda 3-kursni, magistratura mutaxassisligida 1-kursni tamomlayotgan) , nomdor stipendiyalarga oxirgi 2 kursda (ayni vaqtda 2- va 3-kursni tamomlayotgan) tahsil olgan talabalar ishtirok etishi mumkin.
Talab qilinadigan hujjatlar:
— Baholar transkripti;
— Fakultet dekani tavsiyanomasi;
— Kafedra mudiri tavsiyanomasi;
— Ilmiy rahbar xulosasi;
— Talabalik davrida e’lon qilingan ilmiy-ijodiy ishlar ro‘yxati;
— Talabalik davrida e’lon qilgan ilmiy-ijodiy ishlarining pdf nusxasi;
— Talabalik davrida erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning pdf nusxasi (diplom, sertifikat, faxriy yorliq va boshqalar).