Yosh filolog olimlar jamiyati

Ushbu sayt 2023-yil Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘tkazilga “Startap” loyihalarni tanlovida g‘olib bo‘lgan kompyuter lingvistikasi talabalari
Qodirov Kamoliddin Qodirjon o‘gli & Odilov Bekzod Zoirjon o‘g‘li
tomonidan tayyorlandi

Bakalavriat kunduzgi

Bakalavriat kechki

Bakalavriat sirtqi

Xorijlik talabalar

TSUULL

Yosh olimlar jamiyati

Universitetda “Yosh filolog olimlar jamiyati” universitet rektorining 2016.31.12.dagi №01-247-sonli buyrug‘iga muvofiq tashkil etilgan. Hozirgi kunda “Yosh filolog olimlar” jamiyatida 750 nafarga yaqin talaba a’zo.

  • Do‘stmurodov Ma’rufjon

    Yosh filolog olimlar jamiyati raisi

    2016-2019-yillar

    Xolmurodova Mushtariy

    Yosh filolog olimlar jamiyati raisi

    2020-2021-yillar

    Najimova Dilnavoz

    Yosh filolog olimlar jamiyati raisi

    2021-2023-yillar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI

O‘ZBEKISTON IQTIDORLI YOSHLARINI TAQDIRLASH VA MODDIY RAG‘BATLANTIRISH TO‘G‘RISIDA

Batafsil

YOSH FILOLOG OLIMLAR JAMIYAT TARKIBI

YUSUPOV SAMANDAR SHOKİRJON O‘G‘Lİ

Adabiyotshunoslik yo‘nalishi 1-kurs magistranti
Yosh filolog olimlaar jamiyati: Raisi

  • @username
  • user@gmail.com
  • @username

QAXRAMONOVA SABINABONU DILSHODOVNA

O‘zbek filologiyasi fakulteti 3-kurs
Yosh filolog olimlaar jamiyati: Sho‘ba ma’suli

  • @username
  • sabinabonuqaxramonova@gmail.com
  • @username

Xaytaxmatova Dilnavoz Alijon qizi

Filologiya va tillarni o'qitish o'zbek tili yo'nalishi 2-kurs talabasi
Yosh filolog olimlaar jamiyati: Sho‘ba ma’suli

  • @Dilnavoz_Xaytaxmatova
  • dilnavozxaytaxmatova174@gmail.com
  • @Dilnavoz_Xaytaxmatova

Temirova Sabina Qahramon qizi

Oʻzbek filologiyasi yoʻnalishi, filologiya va tillarni oʻqitish fakulteti 2-kurs
Yosh filolog olimlaar jamiyati: Moderatori

  • @Temirova_Sabina
  • @temirovasabina399.gmail.com
  • @username

UNIVERSITETIMIZDA TALABALAR UCHUN YARATILGAN IMKONIYAT VA QULAYLIK


KUTUBXONA

ILMDAN BIR SHU’LA DILGA TUSHGAN ON, 
SHUNDA BILURSANKIM, ILM BEPOYON.
 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Axborot - resurs markazida 10 ming nomdagi 30 mingga yaqin badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop, ijtimoiy - siyosiy adabiyotlar, 300 mingdan ortiq elektron resurslar, 5 mingga yaqin mobile kitoblar mavjud. 
Ularni quyidagi raqamlarda ko‘rish mumkin:

  • Badiiy adabiyotlar – 8060 ta;
  • Darsliklar – 3736 ta.
  • Ilmiy adabiyotlar – 3239 ta;
  • Kurs kitoblari – 13374 ta;
  • Siyosiy adabiyotlar – 2124 ta;

Shuningdek, kutubxonaning elektron hujjat fondidagi nashrlar soni 302 000 tani tashkil etadi. Ular quyidagilardan iborat:

  • O‘quv adabiyotlari – 13374 ta;
  • Darsliklar – 5128 ta;
  • Ilmiy adabiyotlar – 3518 ta;
  • Chet tillardagi adabiyotlar – 1024 ta.

Qolaversa, universitet professor-o'qituvchilari, Respublikamizning mashhur tilshunos, adabiyotshunos olimlari, Xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan universitetlarning olimlari, talabalari tomonidan ham kitoblar Axborot-resurs markaziga taqdim etilib kelinmoqda.
Alisher Navoiy asarlari qo‘lyozmasining faksimile nusxalari Rossiya,  Buyuk Britaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Misr arab respublikalaridan keltirilayotganligi Axborot-resurs markazi fondida nodir manbalarning ham ko'payayotganligidan, yangi tadqiqotlar uchun zamin hozirlayotganligidan dalolatdir.
Axborot-resurs markazida 40 kishilik o‘quv zali, 60 ta internet tarmog‘iga ulangan zamonaviy kompyuterlar, bir vaqtning o‘zida 100 nafar talaba foydalanishi mumkin bo‘lgan Masofaviy o‘quv zali hamda kutubxonachilik qonun-qoidalariga muvofiq barcha jihozlar mavjud.

ARM ish faoliyati: Dushanba – Shanba. 9:00 – 22:00. 

 


SPORT ZALI

Jismoniy mashqlar ko‘p dori o‘rnini bosa oladi, lekin dunyodagi hech bir dori mashq o'rnini bosa olmaydi.

 

Sport – mamlakatni dunyoga eng tez tanitadigan soha. Lekin sport bilan shug‘ullanish, avvalo, inson salomatligining garovidir. Shu munosabat bilan universitetimiz talabalari uchun zamonaviy jihozlangan, barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan sport majmuasi bunyod etilgan. Ushbu majmuada muhtasham sport zali, fitness uchun zaruriy anjomlar, og‘ir va yengil atletika bilan shug‘ullanish imkoni hamda voleybol va basketbol maydonlari mavjud. Majmua doimiy ravishda talabalarning ixtiyorida. 
Ish vaqti: Haftaning barcha kunlari. Soat 9:00 – 22:00. 

Sport va jismoniy tarbiya sohalariga oid hukumat qarorlari

https://lex.uz/ru/docs/-4711327
https://lex.uz/docs/-5077667

 

 


TALABALAR TURAR JOYI

 

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 670 o‘ringa mo‘ljallangan 2 ta TTJ mavjud. 

TALABALAR TURAR JOYI KIMLARGA BERILADI?

 

  • I, II guruh nogironlari;
  • boquvchisini yo‘qotgan talabalarga;
  • Oilasi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”da qayd etilgan talabalarga;
  • oilasida 2 va undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida tahsil oladigan talabalar bo‘lgan ehtiyojmand talabalarga.

2022-yilda universitetda davlat-xususiy sheriklik asosida 400 o‘rinli 1 ta talabalar turar joyi barpo etiladi. Batafsil: https://lex.uz/docs/-5622798
Talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan talabalar uchun ijara to‘lovining 50% i davlat byudjetidan  qoplab beriladi. Birinchi navbatda, ehtiyojmand oila farzandlariga, o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar uchun amalga oshirilishi belgilangan. 

TALABALAR TURAR JOYI HAYOTI

Talabalar turar joyida doimiy ravishda hayot juda ham qizg‘in. Xususan, ular uchun tashkil etilgan kutubxona 24 soat davomida faoliyat yuritadi. TTJda Wi-Fi hududining tashkil etilishi, qavatlararo tanlovlarning uyushtirilishi va turli xil festivallar o‘tkazilishi, albatta, oltin davrning unutilmas voqealari hisoblanadi. 

TALABALAR TURAR JOYIDA YASHASH AFZALLIKLARI 

  • Mustaqil hayotga o‘rgatadi.
  • Universitet faoliyati bilan yaqindan tanishish. 
  • Muloqot qilish ko‘nikmasining oshishi.
  • Doʻstlar bilan oʻqish, dasturlar, yetakchilik qobiliyati boʻyicha trening imkoniyatlari, maker maydonlarida ijod qilish va boshqa faoliyatlardan zavq olish